Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
50 kishini yong‘indan qutqarib qolgan haydovchi o‘z hayotini saqlab qololmadi
Tailand shimolidagi tog‘ yo‘lida yonib ketgan ikki qavatli avtobusning haydovchisi 50 kishini qutqarib qoldi, biroq avtobusini “saqlab qolaman” deb o‘zi halok bo‘ldi. Bu haqda Bangkok Post nashrida ma'lum qilindi.
Voqea 14 fevralda yuz bergan. Tailandlik haydovchi Samran Duang-Saat Tailandda ishlagandan keyin uyiga qaytayotgan 50 nafar myanmalik muhojirni olib ketayotgan bo‘lgan. Avtobus tog‘dagi yo‘lda ketayotganda dvigateli to‘satdan yonib ketgan va alanga tezda avtobus saloniga o‘tgan. Haydovchi darhol avtobusni to‘xtatgan va barcha yo‘lovchilarga tashqariga chiqishga yordam bergan, so‘ngra yo‘lovchilar orasidan ko‘ngillilar bilan yong‘inni o‘chirishga tushgan.
Yong‘in deyarli o‘chirilganda nishablikda turgan avtobus pastga yurib ketgan. Haydovchi avtobusni to‘xtatishga urinib uning kabinasiga sakrab chiqqan. Biroq avtobusning yong‘in vaqtida yaroqsiz holga kelgan tormoz tizimi ishlamay qolgan. Pastga qarab ketayotgan avtobus tezlashib ketgan va oldidagi yuk mashinasiga urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtobus haydovchisi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026