11:13 / 15.02.2018
17754

Statistika: Ronaldu YeChLda gol urish bo‘yicha klublarni ortda qoldirmoqda

Chempionlar ligasi 1/8 finalida «PSJ»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobida yakunlangan o‘yinda «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi.

Bu ushbu hujumchi uchun turnirda qatorasiga sakkizinchi o‘yinda uzluksiz gol urishi bo‘ldi.

2017 yilning aprelidan buyon portugaliyalik hujumchi YeChLda 12 o‘yinda maydonga tushgan va jami 12ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, 33 yoshli forvardning «Real» tarkibida YeChL o‘yinlarida urgan gollari soni 101taga yetdi. U «MYu»dagi faoliyati davrida urilgan gollari qo‘shilsa, yevrokuboklardagi jami gollar soni 116ta.

Krishtianu Chempionlar ligasida gol urish bo‘yicha «Monako» va «Shaxtyor» klublarini ortda qoldirgan. Turnir tarixida faqat 19 klub Ronaldudan ko‘proq gol urgan.

Mavzuga oid
Top