O‘zbekistonning ikki qo‘hna shahri va Dushanbe o‘rtasida muntazam havo aloqasi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va Tojikiston kelgusida Dushanbe va Samarqand hamda Buxoro o‘rtasida muntazam havo aloqasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Tojikiston transport vaziri Xudoyor Xudoyorzoda Dushanbedagi matbuot anjumanda ma'lum qilganidek, ikki davlat o‘rtasida yo‘lovchi tashishlarni kengaytirish masalasi yanvarda Dushanbeda o‘tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Tojikiston-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan.
Xudoyorzodaning ma'lum qilishicha, 2017 yil aprelidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Toshkentdan Dushanbega va Dushanbedan Toshkentga muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.
Vazirning aytishicha, yanvardagi tadbirda O‘zbekiston tomoni Dushanbe bilan Samaraqand va Buxoro o‘rtasida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishni taklif qilgan. Uning ta'kidlashicha, ikki davlat o‘rtasida havo orqali yo‘lovchi tashishlar bo‘yicha ishlab chiqilgan kelishuvning tarkibiy qismi bo‘lishi kerak bo‘lgan tegishli bayonnoma tayyorlangan.
Xudoyorzodaning ma'lum qilishicha, ushbu kelishuv O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi vaqtida imzolanadi.
Vazirning ta'kidlashicha, ikki davlat shaharlari o‘rtasida muntazam avtomobil yo‘lovchi tashishlari amalga oshirilmoqchi.
Xudoyorzodaning qo‘shimcha qilishicha, ayni vaqtda O‘zbekiston va Tojikistonning janubini bog‘lovchi temir yo‘l aloqasini tiklash bo‘yicha ishlar ketmoqda. Hozirda ikki tomondan ham temir yo‘lning zarur joylarida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xudoyorzodaning aytishicha, bu yo‘nalishda temir yo‘l aloqasining tiklanishi Tojikiston uchun ham, O‘zbekiston va Afg‘oniston uchun ham katta ahamiyatga ega. Afg‘onistonga bu yo‘l bilan Termiz shahri orqali tojik tovarlari, jumladan sement yetkazilgan.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024