Jamiyat | 23:00 / 16.02.2018
21192
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada ko‘chada unutib qoldirilgan bog‘cha bolasi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: kp.ru

Moskvaning Yangi Moskva okrugidagi bolalar bog‘chasida sayr vaqtida ko‘chada unutib qoldirilgan 4 yoshli qizcha sovqotish sababli hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko jurnalistlarga ma'lum qildi.    

16 fevralda ertalab tarbiyalovchi va enaga kichik guruh bolalari bilan sayrdan keyin bolalardan biri yo‘qligini sezib qolishgan. Ular qizni qidirib ko‘chaga chiqishganda, 2014 yilda tug‘ilgan qizcha behush holda qorda yotganini ko‘rishgan. 

Bolalar bog‘chasi xodimlari tez tibbiy yordam chaqirtirishgan, shifokorlar qizning o‘lganini qayd qilishgan.

Voqea joyida tergovchilar ish olib borishmoqda, ular bog‘chada tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi qanday ta'minlanishini aniqlashtirishmoqda. 

Ushbu hodisa yuzasidan “O‘z kasbiy majburiyatlarini tegishli ravishda bajarmaslik natijasida ehtiyotsizlik sababli o‘lim yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Petrenkoning aytishicha, shuningdek, mas'uliyatsizlik moddasi bo‘yicha ham ish qo‘zg‘atilishi mumkin.  

Yangi Moskva okrugi ta'lim muassasalari kuratori bola sayr vaqtida unutib qoldirilgani haqidagi xabarni rad etgan. Uning aytishicha, qizcha doimiy nazoratda bo‘lgan, biroq u o‘zini yomon his qilgach, shifokorlar chaqirtirilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid