Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha 54-anjuman ochildi
16 fevralda Myunxenda navbatdagi – 54-sonli xavfsizlik anjumani ochildi. Anjuman raisi, nemis diplomati Volfgang Ishinger mehmonlarga tabrik nutqi bilan murojaat qildi.
Anjumanda 500 dan ko‘proq mehmon, jumladan 20 dan ko‘proq davlat va hukumat rahbari, 80 ga yaqin tashqi ishlar va mudofaa vazirlari ishtirok etmoqda. Germaniya kansleri Angela Merkel anjumanda ishtirok etmaydi, u Berlinda Germaniyaning yangi hukumatini shakllantirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda,
Joriy yilda xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanida ishtirok etishlarini BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker, Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, Avstriya kansleri Sebastyan Kurts, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko tasdiqlashgan. AQShdan anjumanda Pentagon rahbari Jyeyms Mettis, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster ishtirok etadi.
Mezbon davlat tomondan anjumanda Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel, mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen hamda boshqa vazirlik va idoralar rahbarlari qatnashadi.
Myunxen anjumani 1963 yilda NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirliklari vakillarining yig‘ilishi sifatida tashkil etilgan. Hozirda bu anjuman 40 ta davlatdan siyosatchilar, diplomatlar, harbiylar, tadbirkorlar, fan va jamoat arboblarini yig‘adi. Anjuman har yili Bayerischer Hof mehmonxonasida o‘tadi.
Mavzuga oid
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
18:24 / 12.09.2024
O‘zbekiston va Turkiya TIV, IIV va xavfsizlik idoralari rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi
12:28 / 10.09.2024
Hisobot: Ko‘plab inqirozlar dunyo xavfsizligiga tahdid solmoqda
20:53 / 06.09.2024