Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tomskda 23 yoshli ayolni pichoqlab o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi 9 yilga qamaldi
Foto: AiF-Samara
Tomsk sudi tomonidan o‘zi birga yashagan ayolni o‘ldirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Rossiya IIVning Samara oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasi xabar bergan.
Jinoyat 2017 yilning yanvarida sodir etilgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli erkak birga yashagan 23 yoshli ayol bilan janjaldan so‘ng pichoqni olgan va ayolning ko‘krak qismiga zarba bergan. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan. Shundan so‘ng erkak o‘ziga boshqa pichoq bilan zarbalar bera boshlagan.
Sudlanuvchining bildirishicha, o‘z xatti-harakatlariga ayol uni tark etmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan.
Yakunda sud uni 9 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi.
Mavzuga oid
18:29
Putin va To‘qayev Qozog‘istonda birinchi AES qurish bo‘yicha kelishuvni imzoladi
08:47
YeI Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha shoshilmayapti
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
21:14 / 27.05.2026