Tojikiston prezidenti o‘z nomidagi mukofotni ta'sis etdi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon «Millat yetakchisi - Imomali Rahmon» davlat mukofotini ta'sis etdi. U fuqarolarga «demokratik taraqqiyotga alohida hissa qo‘shganligi uchun» beriladi. Mukofotni ta'sis etish to‘g‘risidagi farmon 2 fevral kuni Rahmon tomonidan imzolandi.
Ushbu mukofot nizomiga ko‘ra, u «jamiyatdagi tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash uchun» va «xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni rivojlantirish uchun» ham beriladi. Uni Tojikiston fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar olishi mumkin.
Mukofot faxriy nishon va pul mukofotidan iborat. Faxriy nishon ramziy ma'noga ega bo‘lib, unda Imomali Rahmonning tasviri oltindan tushirilgan.
«Millat yetakchisi - Imomali Rahmon» mukofotining pullik qismi bugungi kunda 125 ming somoniyga (14 ming dollardan ziyod) teng.
«Tinchlik va hamjihatlik asoschisi – millat yetakchisi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunga ko‘ra, shuningdek «Millat yetakchisi» ordeni, «millat yetakchisi» muzeyi, kutubxona va arxivini tashkil etish mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024