O‘zbekiston | 11:02 / 17.02.2018
8247
5 daqiqa o‘qiladi

Izboskan tumanida joriy yil BO‘SMni rivojlantirish uchun qariyb 2 milliard so‘m ajratildi

Foto: KUN.UZ

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan 5 ta ustuvor vazifalar ijrosi borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning ijobiy natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda, shu qatori, Andijon viloyati Izboskan tumanida ham iqtisodiyotning o‘sishi ta'minlanmoqda.

Tuman mahalliy byudjyetiga 2017 yilda byudjyetdan 90 mlrd.
774 mln.so‘m  miqdorida mablag‘lar sarflandi. Jumladan,

- Umumiy ta'lim sohasi muassasalariga 58.1 mlrd.so‘m

- Sog‘liqni saqlash sohasi muassasalariga 22.9 mlrd.so‘m

-Madaniyat, sport va fan sohasi muassasalariga 727.1 mln.so‘m,

- Boshqaruv organlari sohasi muassasalariga 4.7 mlrd.so‘m

- Iqtisodiyot xarajatlariga 2.mlrd.so‘m. Ushbu sarflangan mablag‘lar xalqimizning turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘z navbatida, 2018 yil byudjyet xarajatlarini rejalashtirish jarayonida davlat Dasturlaridan foydalanishni kengaytirish yo‘li bilan byudjyetdan ajratiladigan mablag‘larni sarflash samaradorligini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish vazifalari amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Tumanimizdagi maktabgacha hamda umumiy ta'lim tizimi muassasalarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarga 2018 yilda
70.01 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratish rejalashtirildi.

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari ijrosi borasida ularni yumshoq va qattiq jixozlar jumladan, yotoq anjomlari bilan ta'minlash ishlariga ajratiladigan mablag‘lar miqdori o‘tgan 2017 yilga nisbatan
145 foizga oshirishdi.

Bundan tashqari, maktabgacha hamda umumiy ta'lim muassasa-larini (tomlarini, xojatxonalarini, qo‘rg‘on devorlarini) joriy ta'mirlash ishlariga ajratilgan mablag‘lar miqdori 979.0 mln.so‘m yoki 110 foizga oshirildi.

Shuningdek, qozonlarni almashtirish va isitish tizimlarini ta'mirlash ishlariga ajratilgan mablag‘lar miqdori 907.0 mln.so‘m yoki 115 foizga oshirildi.

2018 yilda Sog‘liqni saqlash muassasalarini saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlarga 27.6 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, umumiy byudjyetni 25 foizini tashkil etadi.

Sog‘liqni saqlash muassasalari uchun dori-darmonlar va oziq-ovqat xarajatlarini 2018 yilda ham o‘tgan yillarga nisbatan o‘rtacha 280 foizga oshirildi.

Iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar miqdori 3.3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 1.05 mlrd.so‘mga yoki 147 foizga ko‘paytirildi.

2018 yil uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida mahalliy hokimliklar balansida bo‘lgan 11 ta ko‘chalardagi 16.3 km masofadagi ichki yo‘llarni ta'mirlash uchun byudjyetdan 486 mln.so‘m miqdorida mablag‘lar sarflash ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi “Bolalar-o‘smirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 356-sonli qaroriga asosan  Izboskan tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi tashkil etilgan bo‘lib, tumanimizdagi
2765 nafar yoshlar 5 ta sport inshootlarida tashkil etilgan sportning 15 turi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazib kelishmoqda. Ularga 58 nafar malakali ustoz-murabbiylar ta'lim berib kelishmoqda.

Kelajak avlodni sog‘lom, bilimli, tashabbuskor va fidoyi yoshlarni tarbiyalash uchun Davlatimiz tomonidan ushbu sohaga juda katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan,

O‘tgan 2017 yilda tuman maxalliy byudjyetidan  Bolalar-o‘smirlar sport maktabi uchun 1 mlrd. 612 mln.so‘m miqdorida mablag‘lar ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 345.0 mln.so‘m yoki 121 foizga byudjyet mablag‘lari ko‘paytirildi.

Ushbu ajratilgan mablag‘lar doirasida Bolalar-o‘smirlar sport maktabining Uzun ko‘cha MFYdagi ochiq futbol maydonini joriy ta'mirlash ishlari uchun 140.0 mln.so‘m hamda sport inshootlarining moddiy texnika bazasini rivojlantirish maqsadida 80 dona boks qopi, 100 juft boks qo‘lqopi, 700 dona futbol, volebol to‘plari, hamda 50 dona kurash yaktaglari sotib olish uchun 105.0 mln.so‘m miqdorida mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilgan.

  O‘tgan 2016-2017 yillar davomida Bolalar-o‘smirlar sport maktabida tarbiyalanayotgan yoshlar jami 183 ta musobaqalarda ishtirok etib, shundan 125 ta oltin, 153 ta kumush hamda 205 ta bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.

Bundan tashqari sport maktabi tarbiyalanuvchilar orasida xalqaro turnirlarda  faxrli o‘rinlarni egallangan sportchi yoshlar borligi odamni quvontiradi albatta.

Jumladan Ruminiya davlatida qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida Mamajonova Madina Rustamjon qizi hamda Xitoyning Taypey shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Mamajonov Temurmirzo Mirzaali o‘g‘li faxrli 1-o‘rinni egallab, Xasanboy Do‘smatov va Ruslan Nuriddinovning munosib izdoshlari ekanliklarini isbotladilar.

Mavzuga oid