Jahon | 08:11 / 17.02.2018
15963
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada qo‘ylar podasi deb 36 kishi halok bo‘ldi

Foto: Dailypost.ng

Nigeriyada qo‘ylar podasi uchun kechgan otishmada 36 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda News Agency of Nigeria xabar berdi. 

13 fevralda mahalliy ovchilar qo‘ylar podasini yetaklab yurgan bir cho‘ponni uchratishgan. Ular poda orasida o‘g‘irlangan qo‘ylar bor, deb gumon qilishgan. Shundan keyin cho‘pon podani tashlab, qochib ketgan.

Cho‘pon qo‘shni tumandagi banditlarga qo‘ylarni qaytarishda yordam so‘rab murojaat qilgan va ularni ovchilarga pistirma uyushtirishga ko‘ndirgan.
 
Oqibatda ikki tomon orasida otishma chiqqan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya 18 ta jasadni aniqlagan. Biroq politsiyaning fikricha, banditlar o‘zlari bilan yana 18 ta jasadni olib ketishgan. Jinoyatchilar qidirilmoqda.

Foto: News Agency of Nigeria

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid