O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida yangi ma'lumot berildi
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan, deb xabar qilmoqda Markaziy bank axborot xizmati.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya'ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.
Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etmoqda
Mavzuga oid
16:02 / 11.05.2024
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
12:11 / 02.08.2023
Yerning bir yillik tabiiy resurslari shartli zaxirasi 7 oyda tugadi
10:17 / 25.07.2023
Rossiyada zaxirada bo‘lish uchun yosh chegarasi 5 yilga oshirildi
14:56 / 17.03.2023