Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyalik ayollarga erkaklar roziligisiz shaxsiy biznes ochishga ruxsat berildi
Foto: EAST NEWS
Saudiya Arabistonida ayollarga turmush o‘rtog‘i yoki erkak qarindoshi roziligisiz shaxsiy biznes ochishga ruxsat berildi. Bu haqda qirollikning tijorat va investitsiyalar vazirligi ma'lum qildi.
Avval buning uchun vasiy roziligi kerak bo‘lgan.
“Endilikda ayollar o‘z vasiysining roziligi haqidagi isbotni taqdim qilmay o‘z bizneslarini ochishlari va davlat elektron xizmatlaridan foydalanishlari mumkin”, deyilgan xabarda.
Saudiya Arabistoni amal qiluvchi vasiylik tizimiga ko‘ra, ayollar davlat hujjatlari bilan ishlash, sayohat qilish va o‘qish uchun o‘z “vasiysi”ning roziligi haqidagi isbotni taqdim qilishlari kerak. Odatda, bunday vasiy ayolning turmush o‘rtog‘i bo‘ladi.
Joriy haftada mamlakat bosh prokuraturasi ayollarning tergovchi lavozimiga olinishlarini ilk bor e'lon qildi. O‘tgan yil sentabrda esa Saudiya Arabistonida ayollarga mashina haydashga ruxsat berilgandi.
Saudiyalik ayollarning huquqlari ro‘yxati valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning islohotlari tufayli kengaymoqda.
Mavzuga oid
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026