Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Vashingtonda Hyperloop stansiyasini qurishga ruxsat oldi
Foto: Xaytek
Vashington (Kolumbiya okrugi) Ilon Maskning The Boring Company'siga National Mall savdo markazi yonida avtoturargoh tomonidan band qilingan uchastkada tayyorgarlik ishlarini olib borishga ruxsat berdi.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda tezkor Hyperloop poyezdlari stansiyasi paydo bo‘lishi mumkin. Washington Post'da xabar qilingan ruxsatnoma Hyperloop yer osti tunnellarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganayotgan shahar transport departamenti rejasining bir qismidir.
"Nyu-York avenyudagi uchastka transport tarmog‘i stansiyasi bo‘lishi mumkin", deya ma'lum qiladi kompaniya vakili. O‘tgan yili The Boring Company tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilgan Hyperloop varianti - avtomobillarning magnit levitatsiyali chanalarda harakatlanishini namoyish qilgan edi.
2017 yilning oxirida shtat gubernatori Merilend Larri Xogan kompaniya bilan "Baltimor va Vashington o‘rtasida tezkor elektr transport" liniyasi qurilishi bo‘yicha hamkorlik qilayotganini tasdiqlagandi.
Mavzuga oid
11:25 / 16.03.2026
Ahror Burhonov Vashingtonda O‘zbekistonning ilk bosh konsuli bo‘ldi
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
22:36 / 10.03.2026
Forbes milliarderlarning 2026 yilgi yangi reytingini e’lon qildi
13:01 / 07.03.2026