Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi
Foto: KUN.UZ
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilgan.
Qarorga asosan qabristonlar joylashgan hududlarda diniy marosimlarni (janoza, marhumlarni xotirlash) o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus joylar tashkil etiladi.
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari uchun mahalliy byudjyetlariga 3 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Rekonstruksiya qilish va ta'mirlash talab etiladigan eski masjidlar ro‘yxati shakllantiriladi hamda ular O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi hamda homiylar hisobidan 2018-2019 yillar davomida rekonstruksiya qilinadi va ta'mirlanadi.
Shuningdek, yoshlarni yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish hamda ularda muqaddas maskanlarni qadrlash, saqlash va ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tuyg‘ularini tegishli fanlar mashg‘ulotlari hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish orqali shakllantirilishi belgilandi.
Qarorda belgilangan ishlarni amalga oshirish maqsadida muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish, bajarilgan ishlarni nazorat qilish va hisobotlarni taqdim etishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
11:22 / 24.03.2026
O‘monda Temuriylar izi topildi: saroy va masjidlarda Samarqand uslubi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026