O‘zbekiston va Buyuk Britaniya olimlari dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi

Foto: Fotolia
Dunyoning nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirayotgani haqida maqola e'lon qildi. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.
Ma'lumki, 2017 yilning dekabr oyida Toshkentga Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi bilan istiqboldagi ilmiy hamkorlik aloqalari muhokama qilingan, tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Nashrda yozilishicha, Farhan Nizomiy O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan qabul qilingan. Oksford islom tadqiqotlari markazining ma'lum qilishicha, O‘zbekistonga tashrif davomida erishilgan kelishuvlar natijasida ikki mamlakat tadqiqotchilari tomonidan dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi, mutaxassislar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi, xalqaro seminar va konferensiyalar o‘tkaziladi, ilmiy adabiyotlar nashr etiladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat | 18:00
-
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV
Jahon | 17:55
-
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
Jahon | 17:41
-
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 17:10
Mavzuga oid

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

12:47 / 17.03.2025