Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda ilk marta ayol uchuvchi reaktiv samolyotda parvoz qildi
Foto: BBC
24 yoshli Avani Chaturvedi Hindistonda birinchi bo‘lib harbiy reaktiv samolyotida uchdi. Hindiston havo kuchlari xabariga ko‘ra, o‘ttiz daqiqalik parvoz hafta boshida Mig-21 Bison rusumli samolyotda amalga oshirilgan.
Hindiston havo kuchlari matbuot kotibi Anupam Banerji buni mamlakat harbiy kuchlari tarixidagi “ulug‘ kun” deb atadi.
Chaturvedi xonim Hindiston havo kuchlari tarkibida uch nafar ayol harbiy uchuvchilardan biri hisoblanadi. Milliy xizmat uning parvozdan keyin samolyot oldidagi suratini Twitter sahifasida e'lon qildi.
Avani boshqa ikkita uchuvchi – Bxavana Kant va Moxana Singh bilan birga 2016 yilda o‘qishni tamomlagan. Tez orada ular ham mashg‘ulotlar davomida ilk parvozlarini amalga oshirishlari kutilmoqda.
Ikki yil oldin qurolli kuchlar tarkibida 2.5 foiz ayollar (asosiy tarkibda emas) mehnat qilishgan.
Taqqoslash uchun, qo‘shni Pokistonda 20 nafar ayol uchuvchilar mavjud bo‘lib, ular harbiy harakatlarga 2006 yildan boshlab jalb etilgan.
Mavzuga oid
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026