Qirg‘izistondagi portlashda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolarining ism-familiyasi ma'lum qilindi
O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil 20 fevral kuni Jalolobod viloyatining Qo‘chqor-Ota shaharchasida baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Natijada shahardagi kafelardan birida ishlaydigan uch nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohatlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV.
Xususan, Jalolobod viloyatining IIB ma'lumotlariga ko‘ra, Qo‘chqor-Ota shaharchasidagi «Aziya» kafesida gaz o‘chog‘idan gaz sizib chiqishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Voqea ro‘y bergan paytda xonada 4 kishi bo‘lgan, va natijada ularning yuqori tana qismlari kuygan. Jabrlanganlardan uch nafari Namangan shahri, va yana biri Qirg‘izistonning To‘xtagul tumanida istiqomat qilgan.
Ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari - Azimjon Valiyev va Muhammadbobir Turg‘unpo‘latov Qo‘chqor-Ota shahridagi shifoxonaga joylashtirildi. Rustam Parpiyev esa uchinchi darajada kuyib, O‘sh shahridagi kasalxonaga yotqizildi.
Favqulodda hodisa ro‘y bergan joyda operativ tergov guruhi faoliyat olib bormoqda. Hodisa holatlari tergov qilinmoqda.
O‘zbekiston elchixona tomonidan O‘sh shahridagi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining mas'ul Vakolatxonasi vakillari va Jalolobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi bilan ishchi aloqalar o‘rnatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistondagi kafeda portlash yuz bergani, O‘zbekistonning uch fuqarosi jiddiy jabrlangani xabar berilgan.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
23:26 / 06.11.2024