Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi kafeda portlash, O‘zbekistonning uch fuqarosi jiddiy jabrlandi
Qirg‘izistonning Kochkor-Ata shahridagi kafeda gaz pechi portlab ketdi, bu haqda Turmush nashri xabar bergan. Hodisa soat taxminan 04:30da yuz bergan.
Jalolobod viloyati IIB matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, jabrlanganlarning uch nafari O‘zbekistonning Namangan shahridan, yana biri – Toktogul tumanida yashaydi. Pech nima sababdan portlab ketganini aniqlash maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlandi. Voqea joyida Nooken tumani IIB tergov guruhi ishlamoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, novvoyxonada gaz sizib chiqishi ro‘y bergan, shundan so‘ng noma'lum sabablarga ko‘ra portlash sodir bo‘lgan.
O‘zbekistonning jabrlangan uch fuqarosi bu kafeda ishlagani aytilmoqda, ular shahardagi uylardan birida vaqtinchalik istiqomat qilib kelgan.
Kasalxonaga yotqizilgan to‘rt kishidan ikki nafari og‘ir ahvolda qolmoqda, ikki shaxsning holati o‘rtacha og‘irlikda, deb baholangan.
Jabrlanganlar:
1. V.A., 1995 yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston fuqarosi
2. P.R., 1994 yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston fuqarosi.
3. T.M, 1994 yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston fuqarosi.
4. S.J., 1981 yilda tug‘ilgan. Qirg‘iziston fuqarosi.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026