Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp qurol sotishdagi tekshiruvlarni kuchaytirish choralarini qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp kongress tomonidan qurol aylanmasi nazoratini kuchaytirish bo‘yicha choralar, jumladan qurol xarid qilayotganlarni tekshirishni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi. U bu haqda Floridadagi maktabda ommaviy qotillik sodir etilganidan bir hafta o‘tib Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.
“Men qurol sotib oluvchining o‘tmishini barcha tomonlama, ayniqsa ruhiy salomatligini tekshirish bo‘yicha choralarni qo‘llab-quvvatlayman. Xaridorlar yoshini ko‘tarish va qatorasiga otish uchun qurol sotishni to‘xtatish lozim! Kongress bu muammoni uzil-kesil hal qilmoqchi, deb umid qilaman!”, deb aytgan Tramp.
Tramp, shuningdek, qurolli hujum xavfidan o‘quvchilarni himoya qilish uchun maxsus o‘qitilgan o‘qituvchilarga qurol berish haqidagi o‘z g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. “Agar ehtimoliy savdoyi-mergan maktabda quroli bor va bir ondayoq o‘t ochishi mumkin bo‘lgan ko‘plab o‘qituvchilar borligini bilsa, u hech qachon maktabga hujum qilmaydi. Qo‘rqoqlar u yerga bormaydilar va muammo hal bo‘ladi. Hujumkor yondashuv lozim, faqatgina mudofaa yordam bermaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
19 fevralda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders Tramp AQShda qurol aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish bo‘yicha sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan.