14 fevral kunduzi Florida ştatidagi Parklend şahrida (Mayamidan 60 km uzoqlikda) joylaşgan Marjory Stoneman Douglas High School maktabida otişma sodir etildi. Otişma oqibatida kamida 17 kişi halok bölgan, 14 kişi jarohat olgan.
Ta'kidlanişiça, maktabda 14 yoşdan 18 yoşgaça bölgan 3 mingga yaqin bola öqiydi.
Politsiyaning ma'lum qilişiça, otişmani sodir etişda avval şu maktabda öqigan, 1999 yilda tuğilgan 19 yoşli Nikolas Kruz ismli kimsa gumon qilinmoqda. U qölga olingan. Maktab öqituvçilaridan birining aytişiça, u ötgan yil sinfdoşlariga tahdid qilgan. Şundan keyin unga maktab hududi böylab ryukzak bilan yuriş taqiqlangan va oxir-oqibat u maktabdan çetlatilgan.

Guvohlarning aytişiça, gumonlanuvçi otişmani sodir etişdan avval yonğin signalizatsiyasini işga tuşirib, söngra sarosima boşlanganda, odamlarni öqqa tuta boşlagan.


Dastlabki ma'lumotlarga köra, gumonlanuvçi AR-15 yarimavtomatik miltiğiga öxşaş quroldan foydalangan.
Maktabni hafta oxirigiça yopişga qaror qilingan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp bölib ötgan hodisani Florida gubernatori Rik Skott bilan muhokama qilgan hamda öz yordamini taklif qilgan. Tramp, şuningdek, halok bölganlar va jarohatlanganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.
Ma'lum qilinişiça, Parklend aholisi 31 ming kişidan iborat bölib, 2016 yilda Floridadagi eng xavfsiz şahar deb topilgandi.












