Jahon | 07:46 / 22.02.2018
3608
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada korrupsiyadan ko‘rilgan ziyon 15 mlrd dollarga baholandi 

Foto: Entornointeligente.com

Venesuelaning neft qazib olish sohasidagi korrupsiya va pul yuvish mamlakatga ko‘p milliard dollarlik ziyon yetkazgan. Bu haqda 21 fevralda Venesuela bosh prokurori Tarek Vilyam ma'lum qildi.  

“Orinoko daryosi neft hududida yetkazilgan ziyon 15 mlrd dollarni tashkil qilgani taxmin qilinmoqda”, deb aytilgan xabarda.  

Ayni vaqtda PDVSA davlat neft-gaz kompaniyasining 76 xodimi, jumladan 21 nafar rahbar xodimi hibsga olingan. Bundan tashqari, yana 20 ga yaqin kishi xorijda pul yuvish va davlatning valyuta ayirboshlash tizimi bilan firibgarliklar sodir etish gumoni bilan hibsga olingan.   

Mamlakat uchun strategik sohada olib borilgan tozalash ishlari davomida 2017 yilda PDVSA’ning sobiq prezidentlari va sobiq neft sanoati vazirlari Euloxio del Pino va Nelson Martines, PDVSA’ning AQShdagi bo‘linmasi rahbarlari guruhi ushlangan. Shuningdek, diplomatik ishga o‘tishdan avval mamlakatning neft sanoatini uzoq vaqt boshqargan Rafael Ramiresga nisbatan ish ochilgan. U 2017 yil dekabrda mamlakatning BMTdagi vakili lavozimidan ketishini e'lon qilgan, biroq Venesuelaga qaytib kelmagan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid