Jahon | 10:10 / 24.02.2018
8576
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh KXDRga qarshi sanksiyalar doirasida yangi ishga bel bog‘ladi

Foto: Reuters

AQSh Osiyo-Tinch okeani mintaqasida KXDRga qarshi sanksiyalarni buzayotgan kemalarni to‘xtatib qolishga yo‘naltirilgan choralarni kuchaytirish niyatida. Bu haqda Reuters AQSh prezidenti ma'muriyatidagi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ayni damda AQSh bu haqda Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Singapur bilan muzokaralar olib bormoqda. Gap ancha jiddiy nazorat haqida ketmoqda, u o‘z ichiga kemalarni «individual asosda» tekshirish, shuningdek, Shimoliy Koreyaga va undan taqiqlangan yuklarni olib o‘tishda gumonlanayotgan shaxslarni hibsga olishni qamrab oladi.

«Albatta, barchamiz Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga juda jiddiy niyatda ekanimizni ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak. Bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy harakatlardan tashqari, boshqa barcha sa'y-harakatlar ko‘rilishi lozim», - deya aytib o‘tdi manbalardan biri.

RIA «Novosti» xabariga ko‘ra, Pentagon vakili Kristofer Logan KXDRga ta'sir ko‘rsatishning aniq taktikasi, usullari, jarayonini muhokama qilishdan bosh tortgan, biroq AQSh Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreyaga maksimal bosim o‘tkazish kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya AQShning KXDRga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlagani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid