Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya AQShning KXDRga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatladi
Yaponiya AQShning KXDRga qarshi yangi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Yaponiya bosh vaziri maslahatchisi Kentaro Sonoura so‘zlariga asosan.
«So‘nggi vaqtlarda qator faollik yuz bergani, masalan, Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi fonida Janub va Shimol o‘rtasida muloqot boshlanganiga qaramay, KXDR yadro quroli va ballistik raketalar ishlab chiqishni to‘xtatmadi. Biz unga bosimni kuchaytirishimiz zarur», - deya aytib o‘tdi Sonoura.
Uning qayd etishicha, Yaponiya AQSh pozitsiyasini qat'iy qo‘llab-quvvatlaydi va sanksiyalarni kengaytirishga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ishlarga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokioda KXDR fuqarolari assotsiatsiyasi binosiga qarata o‘t ochilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026