Ultra öng guruhning ikki vakili, Yosinori Kavamura va Satosi Katsurada Tokioda KXDR fuqarolari assotsiatsiyasi binosi darvozasiga bir neça marta öq uzdi. Bu haqda Kyodo News xabar bermoqda.

Xabarga köra, ular taşkilot binosiga maşinada kelişgan hamda darvozalarga qarata bir neça marta öq uzişgan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan. Gumonlanuvçilar bino yonida navbatçilikda bölgan politsiya naryadi tomonidan qölga olindi. Ayni damda erkaklarga qurolni noqonuniy saqlaş böyiça ayblov qöyildi.

Yaponiyadagi Şimoliy Koreya fuqarolari assotsiatsiyasi KXDR elçixonasi funksiyalarini bajaradi, sababi mamlakatlar örtasida diplomatik aloqalar yöq.

Politsiya gumonlanuvçilar bu işni nega sodir etişganini aniqlamoqda.