Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonning viloyatlaridan birida o‘yinchoq qurol taqiqlandi
Foto: Fotolia
Pokistonning 4 viloyatidan biri – Sind ma'muriyati o‘yinchoq avtomat va to‘pponchalarni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Express Tribune nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, taqiqlov o‘yinchoq qurollarni ishlab chiqarish, sotish, xarid qilish, qo‘llash va namoyish qilishga kiritilgan.
Ushbu qaror politsiyaning ichki ishlar departamentiga murojaatidan keyin qabul qilingan. Politsiya ushbu iltimosini o‘yinchoq qurol jinoyatlar sodir etilishida qo‘llanishi mumkinligi bilan asoslab bergan.
Bundan tashqari, politsiya murojaatida o‘yinchoq qurollarning bolalar tomonidan o‘ynalishi turli jarohatlarga olib kelishi va ularning onglariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
21:05 / 20.05.2026
Eron boyitilgan uranni Rossiyaga topshirishni ko‘rib chiqmoqda
23:00 / 18.05.2026