Jahon | 16:59 / 24.02.2018
4033
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish markazi tashkil etiladi

Foto: Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston SSP va Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish instituti loyiha ustida ish olib bormoqda. Bundan tashqari, «Hindiston-MDH» SSP hamkorligi to‘g‘risidagi bitimni imzolash hamda O‘zbekiston-Hindiston Ishbilarmonlari kengashini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu haqda Norma.uz Savdo-sanoat palatasiga asosan xabar beradi.

Qayd etilishicha, joriy yilning mart oyida Hindiston ishbilarmonlari doiralari vakillarining mamlakatga tashrifi kutilmoqda.
 
Hozirda O‘zbekistonda hind kapitali ishtirokidagi 101 ta korxona ishlab turibdi. Ularning asosiy ish faoliyati yo‘nalishlari: dori-darmonlar, to‘qimachilik mahsulotlari, yuvish vositalari ishlab chiqarish, teri-charm hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish, turistik xizmatlarni taqdim etish, ulgurji va chakana savdo.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid