Jahon | 00:40 / 24.02.2018
11460
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti Shimol bilan muloqotga izoh berdi 

Foto: RIA "Novosti"

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning ta'kidlashicha, Koreya yarimorolini qurolsizlantirish bo‘yicha muloqot va Shimol hamda Janub o‘rtasidagi aloqalar bir vaqtda olib borilishi kerak. Bu haqda Janubiy Koreya ma'muriyati vakili ma'lum qildi.

“Prezident Mun Koreya yarimorolini qurolsizlantirish bo‘yicha muloqot va Shimol hamda Janub o‘rtasidagi aloqalar alohida keta olmasligini, ular parallel ravishda olib borilishi kerakligini, Janubiy Koreya va AQSh yaqindan hamkorlik qilishlari muhimligini aytdi”, deb ma'lum qildi ma'muriyat vakili Janubiy Koreya prezidenti va AQSh prezidentining qizi va maslahatchisi Ivanka Tramp bilan uchrashuvdan keyin.

“AQSh va Janubiy Koreya hukumatlarining Koreya yarimorolini qurolsizlantirish bo‘yicha sa'y-harakatlari oxirgi 25 yil ichida muvaffaqiyat qozonmadi. AQSh va Janubiy Koreya bu vaziyatni o‘zgartirish uchun imkoniyatni qo‘llashi kerak”, deyilgan xabarda.

O‘z navbatida Ivanka Tramp “AQSh delegatsiyasining tashrifi AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ittifoqni yanada mustahkamlashi va ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi birdamlik va do‘stlikni kuchaytirishiga umid bildirgan” hamda AQSh Janubiy Koreyaning Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar kiritishi bo‘yicha sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab o‘tgan.    

Janubiy Koreya ma'muriyati vakilining aytishicha, Ivanka Tramp Shimoliy Koreyaga maksimal bosim o‘tkazish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlar natijalari paydo bo‘layotganini aytgan.

Ivanka Tramp Pyongchangdagi Olimpiada yopilishiga kelgan AQSh delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.

Mavzuga oid