Sport | 19:00 / 25.02.2018
5410
2 daqiqa o‘qiladi

Keyn oxirgi daqiqada gol urib London derbisida jamoasiga g‘alaba keltirdi

Angliya chempionatining 28-turida «Tottenhem Hotspur» «Kristal Pelas» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi. Londondagi «Selxerst Park» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

«Shporlar» o‘yin davomida ustunlikka ega bo‘lishdi va faqat 89-daqiqadagina gol ura olishdi — Harri Keyn havoda to‘p uchun kurashda ustun kelib, Ueyn Hennessi darvozasini ishg‘ol etdi.

«Tottenhem» endilikda ochkolari sonini 55taga yetkazdi va Premer-liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda, «Kristal Pelas» 27 ochkosi bilan 17-o‘rinda qolmoqda.

Angliya chempionati
28-tur

Kristal Pelas – Tottenhem 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 88 Keyn.
Kristal Pelas – Xennessi, Ridevald, Tomkins (Dileyni, 85), van Anxolt, Milivoyevich, Fosu-Mensa, Makartur, Uan-Bissaka, Taunsend (Li Chun Yun, 87), Benteke, Serlot.
Tottenhem – Loris, Ore, Sanches, Devis, Dayyer, Lamela (Lukas Moura, 66), Dembele (Son Xin Min, 80), Eriksen, Vanyama, Alli, Keyn.
Ogohlantirish: Dembele (45).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid