Sport | 22:46 / 26.02.2018
4433
2 daqiqa o‘qiladi

Pxenyan va Seul shimolliklarning Paralimpiadada ishtirok etishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Foto: AP

Shimoliy Koreya o‘z sportchilarining 2018 yilgi Paralimpiadada ishtirok etishi bo‘yicha o‘tadigan muzokaralar ishtirokchilarining ro‘yxatini musobaqalarning tashkiliy qo‘mitasiga taqdim qildi. Bu haqda 26 fevralda Yonhap axborot agentligi xabar berdi. 

Shimoliy Koreyadan muzokaralarda ishtirok etuvchi delegatsiya tarkibiga Koreyalararo aloqalar davlat agentligi vakili Xvan Chun Son, Koreyaning nogironlarni himoya qilish federatsiyasi markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Chon Xyon va nogiron sportchilar tashkiloti vakili Yun Chol kirgan. Janubiy Koreya delegatsiyasiga birlashuv vazirligining Koreyalararo almashuv departamenti direktori Li Chje Te boshchilik qiladi.

Uchrashuv 27 fevralda qurolsizlashtirilgan hududda bo‘lib o‘tadi va unda shimoliy koreyalik sportchilarning Paralimpiadada ishtirok etishi bo‘yicha amaliy masalalar muhokama qilinadi. Ikki davlat mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladigan takliflar Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qilinadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid