O‘zbekiston | 18:50 / 26.02.2018
3948
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston dunyoning 40 mamlakatida xayriya faoliyatini yurituvchi WINGS bilan hamkorlik qiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish fondi mamlakatning xayriya faoliyati va soliq imtiyozlari mexanizmini qo‘llash to‘g‘risidagi amaldagi qonunchiligiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlamoqda. Ijobiy xalqaro tajribani qo‘llash maqsadida fond dunyoning 40 mamlakatida xayriya yo‘nalishida 100 dan ortiq filantrop va inrftratuzilmaviy tashkilotlarni birlashtiruvchi Worldwide  Initiatives for Grantmaker Support (WINGS) xalqaro notijorat tashkiloti bilan hamkorlik qilmoqda. 


26 fevral kuni Toshkent shahridagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Madaniyat vazirligi hamda Xalqaro Press-klub hamkorligida "Milliy taraqqiyot va mamlakat xalqaro imidjini shakllantirishda madaniyat va san'atning roli" mavzuida bo‘lib o‘tgan muhokamalar doirasida shu haqida ma'lum qilindi.

Shuningdek tadbirda qayd etilishicha, O‘zbekistonning muzeylar va teatrlarida maqsadli kapital (endaumentlar) tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Dasturdan maqsad - samarali frandrayzing texnologiyalari joriy qilinishga ko‘maklashish, madaniy muassasalar faoliyati uchun qo‘shimcha moliyaviy vositalarni jalb qilish.


Bundan tashqari, Fond tomonidan hukumat vakillari, madaniyat, biznes, ijodiy hamjamiyat sohalaridagi professionallarni birlashtirish yo‘li bilan yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha samarali takliflar ishlab chiqish va muhokama qilishga yo‘naltirilgan forum o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Tadbirda mamlakat rivojida madaniyat va san'atning roli, xalqaro munosabatlarni mustahkamlash, milliy brendni shakllantirish, rivojlanishning amaldagi holati va istiqbollari kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish fondi 2017 yilning noyabrida tashkil etilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid