Jahon | 18:10 / 27.02.2018
6187
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada amaldorlar tunni ko‘chada boshpanasi yo‘q shaxslar bilan o‘tkazadi

Foto: Reuters

Fransiyada amaldorlar uysizlar muammosiga e'tibor qaratish uchun sovuqqa qaramay, ko‘chada bir tunni o‘tkazadilar. Bu haqda Eson departamentidagi Etamp kommunasi meri o‘rinbosari Mama Si feysbukda xabar bergan. 

«Chorshanba, 28 fevral kuni, Austerlits vokzali yonida taxminan 50 nafar xalq tomonidan saylangan amaldor ko‘chada tunni o‘tkazadi va shu yerda uxlaydi», - deya yozgan u postda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili taxminan 500 nafar uysiz ko‘chalarda hayotdan ko‘z yumgan, Fransiya poytaxtida joriy yil boshidan beri esa yana 13 kishi vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya kompaniyalari 3,5 mln ishsiz orasidan kerakli xodimlarni topa olmayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid