Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXXni niqob qilgan firibgar aniqlandi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Soqchi mahallasida yashovchi Qaytmas Ayig‘ov ichki ishlar idorasiga murojaat etib, (ism-shariflar o‘zgartirilgan) 2013 yil dekabr oyida Denov tumanilik A'zam Azamatovga Buxoro davlat tibbiyot institutiga qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga kiritib qo‘yish sharti bilan bergan 70 million so‘m pulini qaytarib ololmayotganini ma'lum qildi, deb xabar bergan O‘zA.
Murojaat yuzasidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari chog‘ida aniqlanishicha, Q.Ayig‘ov 2013 yil dekabr oyida Denov tumanidagi Qoraxon mahallasida yashovchi A'zam Azamatov bilan tanishib qoladi. 32 yoshdagi bu shaxs o‘zini Toshkent shahrida diniy ekstremizm bo‘yicha Milliy xavfsizlik xizmatida ishlayman, deb tanishtiradi. Gap orasida Buxoro davlat tibbiyot institutining test sinovlaridan yetarli ball to‘play olmagan Qaytmas Ayig‘ovning qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qish uchun hujjat topshirganini eshitib, yigirma yoshdagi abituriyentning “qo‘ltig‘ini puch yong‘oqqa” to‘ldiradi. Unga Buxoro shahridagi hamkasb do‘stlari orqali yordam berishini aytib, ishonchiga kiradi. Xarajatlari uchun naqd 70 million so‘m pulini aldov yo‘li bilan olib ketadi.
Qing‘ir yo‘l bilan shifokorlik kasbini egallamoqchi bo‘lgan Q.Ayig‘ovning denovlik firibgar tanishi A.Azamatov yaqin kunlarda bu qilmishi uchun odil sud oldida javob beradi.
Mavzuga oid
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026