Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bolalar sportidagi jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha surishtiruv boshlandi
Foto: Reuters
AQSh ta'lim vaziri Betsi Devosning ma'lum qilishicha, tashkilot Michigan shtati Universiteti ma'muriyatiga nisbatan o‘z surishtiruvini boshladi. Bu yerda gimnastika bo‘yicha AQSh terma jamoasi sobiq shifokori, sportchi qizlarga jinsiy shilqimlik qilishda ayblanayotgan Larri Nassar avval ishlagan.
The Wall Street Journal ma'lumotiga ko‘ra, AQSh Ta'lim vazirligi nega universitet xodimlari zo‘ravonlik va shilqimlik haqida ilk shikoyatlar paydo bo‘lganidan so‘ng tegishli chora-tadbirlarni ko‘rmaganini aniqlash niyatida.
«Biz Michigan shtati Universiteti ma'muriyati talaba qizlarni jinsiy shilqimlikdan himoya etish bo‘yicha o‘z xatti-harakatlarini batafsil tushuntirib berishiga umid qilmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Devos.
Eslatib o‘tamiz, Nassar sportchi qizlarga shilqimlik qilgani uchun 125 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
21:16
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28