Jahon | 11:05 / 28.02.2018
4320
1 daqiqa o‘qiladi

Papua – Yangi Gvineyada yana bir kuchli zilzila, qurbonlar bor

Foto: twitter.com/CalebOtto4

Papua – Yangi Gvineyada yana bir kuchli zilzila yuz berdi, uning magnitudasi 6,0ni tashkil etdi, deb xabar bermoqda AQSh Geologiya xizmati.

Yer osti silkinishlari Toshkent vaqti bilan soat 7:45da mamlakat markaziy qismidagi Tari shahridan 59 kilometr janubi-g‘arbda qayd etildi. Yer qimirlashi o‘chog‘i 10 kilometrlik yer tubida joylashgani aytilmoqda. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Tarida bir kishi halok bo‘ldi, yana 5 kishi yaqin yerda joylashgan qishloqning ko‘chki ostida qolishi tufayli hayotdan ko‘z yumdi.

Eslatib o‘tamiz, Papua - Yangi Gvineyada 26 fevral soat 4 atrofida yuz bergan 7,5 magnitudali zilzila oqibatida 30 dan ko‘proq odam halok bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid