Jahon | 07:29 / 27.02.2018
5667
1 daqiqa o‘qiladi

Papua-Yangi Gvineyada zilzila oqibatida 30dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Foto: Rowan Callick

Papua-Yangi Gvineyada 26 fevral soat 4 atrofida yuz bergan 7,5 magnitudali zilzila oqibatida 30 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Bu haqda Channel News Asia xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, tabiiy ofatdan 300 dan ko‘proq odam jabrlangan, ko‘plab binolarga shikast yetgan. Ba'zi hududlar elektr ta'minotisiz qolgan. Shuningdek, mamlakatda ayni vaqtda aviaaloqa izdan chiqqan.

Zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun armiya jalb qilingan.

Avstraliyalik seysmologlar ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 9 km chuqurlikda, markazi 50 ming kishilik Mendi shahridan 104 km g‘arbda bo‘lgan.

 twitter.com/emmswaim
Foto: Rowan Callick
REUTERS / Jerome Kay

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid