Jamiyat | 09:13 / 01.03.2018
17715
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda pichoqbozlik yuz berdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda IIV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanida 10 fevral soat 00.05larda yashash va ishlash joyini tayini bo‘lmagan, 1976 yilda tug‘ilgan T.D. mast holda Chorbog‘ ko‘chasida yashovchi tanishi, T.N.ning uyida o‘zaro janjal oqibatida uni qorin, chap qo‘li va chap yelkasiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada T.N. kasalxonaga yotqizilgan. T.D. qo‘lga olingan.

Mavzuga oid