Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada vaqtinchalik sulh muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi – AQSh
Suriyada muxolifat va hukumat kuchlari o‘rtasidagi sulhga amal qilinmayapti, tinch aholi vakillari mamlakat hukumatidan qo‘rqqani tufayli gumanitar yo‘laklardan foydalanayotgani yo‘q. Bu haqda AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauert ma'lum qildi.
"Sulh aniq ishlamayapti. Bu g‘oya gumanitar yo‘laklar haqida edi… Agarda televizorni ko‘rsangiz, odamlar undan foydalanmayotganiga guvoh bo‘lasiz. Nega? Bu Halabda ham ishlamagan. Odamlar ulardan foydalanishga qo‘rqmoqda, Sharqiy G‘utadan ular orqali chiqishsa, Asad armiyasiga olib ketishlari, uylariga qayta olmasliklari yoki o‘ldirilishlari mumkin ekanidan cho‘chishmoqda", - deya ma'lum qildi Nauert brifingda.
"Bu gumanitar yo‘laklar – odamlarning ustidan kulish. Buning o‘rniga qilish kerak bo‘lgan narsa – o‘t ochishni umummilliy to‘xtatish, o‘tgan shanbada BMTda ham shuni bir ovozdan yoqlab chiqishgandi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Mavzuga oid
10:20
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026