Jahon | 17:24 / 02.03.2018
7430
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada gaz yo‘qligi sababli maktablar va universitetlar yopilishi mumkin

Foto: Gleb Garanich/Reuters

Ukraina energetika va ko‘mir sanoati vaziri Igor Nasalikning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 15-20 mln kubometrlik disbalans tufayli gaz iste'moli vaqtinchalik cheklandi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar bermoqda.

«Naftogaz» rahbari Andrey Kobolevning so‘zlariga ko‘ra, «Gazprom» tomonidan sud bilan belgilangan shartnoma majburiyatlari bajarilmagani va avvaldan to‘langan pul qaytarilgani tufayli, Naftogaz taxminan 15-20 mln kub gazni tashkil etuvchi disbalans bilan to‘qnash keldi», - deya aytib o‘tdi Nasalik.

Shu munosabat bilan, deya xabar qilgan Nasalik, inqiroz shtabi yig‘ilishi doirasida Milliy harakatlar rejasi joriy etildi, uning doirasida qator choralar, xususan – yuzaga keltiradigan kompaniyalarni gazdan mazutga o‘tkazish nazarda tutilgan.

«Ikkinchidan, biz maktabgacha ta'lim muassasalari, maktablar va oliy o‘quv yurtlarida 6 martgacha muddatga ishni butunlay to‘xtatish haqida ko‘rsatma berdik. Shu bilan birga, bu muassasalarda harorat rejimi minimal ruxsat berilgan normalarda bo‘lishi yuklandi», - deya qayd etib o‘tdi u.

Shuningdek uning xabar berishicha, ishlab chiqarish obektlariga resurslar bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda harakatlar rejasini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid