O‘zbekistonda YTH tufayli yiliga qancha kishi halok bo‘layotgani aytildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, yo‘l transport hodisasi tufayli dunyoda yiliga 1,2 million kishi vafot etmoqda. 20 million nafardan ziyodi jarohatlanadi. Bunday holatlarda, asosan, aholining faol qismi avtohalokat qurboniga aylanayotir, ya'ni ularning aksariyati 20 — 35 yoshgacha bo‘lgan insonlardir.
Afsuski, O‘zbekistonda ham turli ko‘rinishdagi avtotransport hodisalari oqibatida qurbon bo‘layotganlar, uning achchiq jabrini tortayotganlar yo‘q emas, deb yozadi “Xalq so‘zi”. Xo‘sh, bunga kim aybdor va nima sabab bo‘lmoqda?
— Yo‘lga chiqqan har bir inson yo‘l harakati ishtirokchisiga aylanadi, — deydi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov. — Bu jarayonda haydovchi ham, piyodalar ham qoidalarga amal qilishi kerak. Bugungi kunda yurtimizda yo‘l transport hodisalari tufayli yiliga 2,5 ming nafarga yaqin kishi vafot etmoqda. Albatta, yo‘l transport hodisalari 2016 yil bilan taqqoslaganda 2017 yilda 3,1 foizga kamaygan. Lekin bitta bo‘lsayam bu — fojia. Bu raqamlarni shunchaki aytib o‘tib ketish bilan ish bitmaydi, uning ortida inson taqdiri turibdi. Bu esa, avvalo, haydovchilarning malakasini oshirishimiz, qayta tayyorlashimiz lozimligini ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024