Jahon | 07:49 / 02.03.2018
3583
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela prezidenti saylovlari boshqa sanaga ko‘chirildi

Foto: RIA Novosti / Oleg Ivanov

Venesuela milliy saylov kengashi rahbari Tibisay Lusena prezident saylovlari 20 mayga ko‘chirilishini e'lon qildi.

Dastlab saylovlar 22 aprelga belgilangandi, biroq keyin hukumat saylovlar kunini aniq aytmagan holda, mayning ikkinchi yarmida o‘tishini ma'lum qilgan.

“Rasman: saylovlar 20 mayda o‘tadi”, deb aytgan Lusena VTV kanali efirida.

Prezident saylovlari bilan birga shtatlar va munitsipalitetlar qonunchilik kengashlari deputatlari saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Hozirda Venesuela prezidenti lavozimiga 6 nomzod ro‘yxatdan o‘tgan, bular – amaldagi prezident Nikolas Maduro hamda Enri Falkon, Reynaldo Kixada, Luis Ratti, Fransisko Viskonti va Xaver Bertuchchi. Tahlilchilarning fikricha, asosiy kurash Maduro va Enri Falkon o‘rtasida kechadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid