Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahraynda terrorchilikda gumon qilinayotgan 116 kishi hibsga olindi
Bahrayn maxsus xizmatlari terrorchilikda gumon qilib 116 kishini hibsga oldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, ushlanganlar teraktlar amalga oshirish maqsadida portlovchi moddalar tayyorlash va tashish bilan shug‘ullanishgan.
Bahrayn hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar hukumat vakillari, huquq-tartibot idoralari xodimlari va neft obektlariga hujumlar sodir etishni rejalashtirishgan.
Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchilarga Eron inqilobiy gvardiyasi, “Hizbulloh”, Eronni qo‘llab-quvvatlovchi Iroqdagi shialar guruhi yordam ko‘rsatgan. Qo‘lga olinganlardan kamida 48 nafari “Hizbulloh” lagerlarida mashg‘ulotlardan o‘tgan.
Gumonlanuvchilardan 757 kg portlovchi modda, Kalashnikov avtomatlari, to‘o‘pponchalar va granatalar tortib olingan.
2011 yilda “arab bahori” vaqtida Bahraynda muxolifat amaldagi hukumatga qarshi norozilik aksiyalari o‘tkazgan. Saudiya Arabistoni Bahraynga qo‘shin olib kirgandan keyin tartibsizliklar bostirilgan, davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga urinishda ayblangan muxolifat yetakchilari qamoqqa olinganlar.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
13:12 / 09.03.2026
Bahrayndagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi
10:51 / 02.03.2026
Iordaniya va Bahraynda bo‘lgan fuqarolarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berildi
18:16 / 31.10.2025