Jahon | 09:19 / 03.03.2018
6312
1 daqiqa o‘qiladi

Londonda bolalarni «o‘lim otryadlariga» yollagan o‘qituvchi qamaldi

Foto: Daily Mirror

Britaniya sudi 25 yoshli maktab o‘qituvchisi Umar Xeykni bolalarni keyinchalik mamlakatda teraktlarni sodir etish maqsadida terrorchilik faoliyatiga jalb etishda aybdor deb topdi. Bu haqda Bi-bi-si xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, o‘qituvchi IShID terrorchilik tashkiloti a'zosi sanaladi. U 100 dan ortiq bolalar bilan aloqada bo‘lib, ularga ekstremistik videoroliklar ko‘rsatgan va terrorchilik mafkurasini singdirgan.

Shuningdek xabar qilinishicha, o‘qituvchida rasmiy pedagogik malaka bo‘lmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid