Jahon | 09:29 / 03.03.2018
8349
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-de-Janeyro politsiyasi Braziliya tarixidagi eng yirik kokain partiyalaridan birini aniqladi

Foto: Globo

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati politsiyasi Rio-de-Janeyro shahri portidagi konteynerlarda 1,3 tonna kokain aniqladi. Bu haqda 2 mart kuni Globo telekanali ma'lum qildi.

“Fikrimizcha, bu Rio-de-Janeyroda aniqlangan eng yirik kokain partiyasi va Braziliya tarixidagi eng yiriklaridan biridir”, deb aytgan tergovchi Fabrisiu Oliveyra.

Giyohvand modda ikkita konteynerda joylashtirilgan 48 ta sumkaga taqsimlab chiqilgan bo‘lgan. Xizmat itlari kontrabandachilarning hiyla ishlatishiga qaramay kokainni aniqlay olgan. Jinoyatchilar kokain hidini daf qilish maqsadida sumkalarga kokaindan tashqari turli ziravorlar solib chiqishgan. Konteynerlar egalari hozircha aniqlanmagan, tergov olib borilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid