Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mehnat muhojirlari ulushini yanada qisqartirish zarurligi aytildi
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodets Rossiya mehnat bozorida muhojirlarning ulushini qisqartirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish lozimligini aytdi.
“Bizda xorijiy ishchi kuchining sekin-asta kamaytirilishi bo‘yicha jiddiy dastur amalga oshirilmoqdda. Misol uchun, 2015 yilda yo‘lovchi avtotransportida xorijiy ishchi kuchi ulushi 50 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 28 foizgacha kamaytirilgan va jarayon davom etmoqda”, deb aytgan Golodets Sankt-Peterburg xalqaro mehnat forumida.
Uning aytishicha, 2015 yilda savdoda xorijiy ishchi kuchining ulushi 25 foizni, hozirda esa 15 foizni tashkil qilmoqda.
“Biz bu raqam sekin-asta qisqarishi uchun barcha ishni qilishimiz kerak, biroq buni iqtisodiyotimiz ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Golodets.
Mavzuga oid
09:58
Yonilg‘i inqirozi: Rossiya dizel eksportini to‘xtatdi
08:58
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026