Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning atom aviatashuvchisi Vetnamga kirdi
Foto: Globallookpress.com
AQSh harbiy-dengiz kuchlari jangovar kemalarining Carl Vinson aviatashuvchisi yetakchiligidagi zarba berish guruhi 4 kunlik do‘stona tashrif bilan Vetnamning Danang portiga kirdi. Eskadra tarkibiga, shuningdek Wayne E. Meyer raketa esminetsi va Lake Champlain raketa kreyseri kiradi.
Vetnam tashqi siyosat mahkamasi rasmiy vakili Le Txi Txu Xangning ma'lum qilishicha, Amerika aviatashuvchisining mamlakatga kirishi kelishuv asosida amalga oshirilmoqda. Bitimga 2017 yil noyabrida prezident Donald Trampning Vetnamga tashrifi davomida erishilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Danangga kelgan Amerika harbiy xizmatchilari shahar rahbariyati va Vetnam xalq armiyasi 3-harbiy-dengiz tumani qo‘mondonligida bo‘ladi. Seminarlar, xayriya aksiyalari, sport va jamoaviy tadbirlarda ishtirok etadi.
Aviatashuvchi kema va hamroh kemalar bortida 6 ming harbiy xizmatchi, harbiy uchuvchilar va texnik xodimlar bor. Eskadra Vetnamga Filippindan so‘ng tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
14:58 / 10.02.2026
Nemislarning ko‘pchiligi Rossiyadan keyin AQShni tinchlikka eng katta tahdid deb hisoblaydi
10:20 / 10.02.2026
AQSh Tinch okeanida narkosavdogarlarga tegishli deb aytilgan kemaga zarba berdi
09:09 / 10.02.2026