Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Ilm-fan to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi
Foto: Pixabay
O‘zbekistonda "Ilm-fan to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqildi va muhokamalar uchun regulation.gov.uz saytida taqdim etildi.
"Ilm-fan to‘g‘risida"gi qonun loyihasining maqsadi — mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar yechimini topish uchun ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni boshqarish hamda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta'minlash.
Hozirda respublika qonunchiligida aynan ilm-fan sohasini rivojlantirishga doir yagona huquqiy hujjat yo‘q. Yangi qonun loyihasining asosiy maqsadi - ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat sub'yektlari, davlat organlari hamda ilmiy va ilmiy-texnik mahsulotlar iste'molchilari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish.
Qonun loyihasi 8 bob va 42 moddani o‘z ichiga olgan.
Qonunning kuchga kirishi ilmiy va ilmiy-texnik sohada huquqiy maydonni shakllantirish imkonini beradi. Muhokamalar 20 martga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
13:16 / 15.12.2025
Tibbiy jihozlar xavf darajasiga ko‘ra 4 sinfga ajratiladi: yangi qoidalar
15:22 / 08.12.2025