Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada parlament saylovlarining dastlabki natijalari ma'lum qilindi
Italiyada 4 mart kuni o‘tgan parlament saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra O‘ng sentristik koalitsiya 37 foiz ovoz to‘play oldi. 2-o‘rinda “5 yulduz harakati” 30 foiz bilan bormoqda. Bu haqda Italiya ichki ishlar vazirligi senatga saylov byullentenlarining 21 foizi va deputatlar palatasiga saylov byulletenlarining 4 foizi hisob-kitob qilingandan keyin ma'lum qildi.
Deputatlar palatasida “Olg‘a, Italiya”, “Liga” va “Italiya birodarlari” partiyalaridan tashkil topgan O‘ng sentristik koalitsiya 37,17 foiz ovoz to‘play oldi. “5 yulduz harakati” 29,8 foiz, so‘l sentristik partiyalar koalitsiyasi 25,1 foiz ovoz olgan.
Senatga saylovlarda o‘ng sentristlar hozircha 36,85 foiz, “5 yulduz harakati” 30,4 foiz va so‘l sentristlar 25,1 foiz ovozga egalar.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026