Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQShning tahliliy markazlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va AQSh tashqi siyosati kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (CACI) hamkorlik haqidagi memorandum imzoladi.
Ta'kidlanishicha, o‘zaro manfaatli sohalarda tomonlar ilmiy hamkorligini o‘rnatishni ko‘zda tutuvchi hujjat SMTI direktori V.Norovning CACI direktori S.Kornell bilan Vashingtondagi uchrashuvida imzolangan.
Uchrashuv davomida ikki tashkilot o‘rtasida aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha fikrlar almashilgan.
S.Kornell O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan tashqi siyosat Vashington va Toshkent oldida o‘zaro manfaatli va ko‘p yo‘nalishli hamkorlikni kengaytirish uchun yangi istiqbollar ochishini ta'kidlab o‘tgan.
Tomonlar ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar va xalqaro rivojlanish hamda mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari bo‘yicha davra suhbatlari tashkillashtirishga kelishib olganlar.
CACI Vashingtonning Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi tahliliy markazi hisoblanadi. Shu bilan birga institut sobiq ittifoq davlatlari hamda Turkiya va Xitoy si yosatini o‘rganish bo‘yicha faol tadqiqot ishi olib boradi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar O‘zbekiston va AQSh tahliliy markazlarining yaqindan hamkorligi ikki davlat manfaatlariga javob beruvchi umumiy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun samarali mexanizmga aylanishini ta'kidlab o‘tganlar.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026