Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi ilk avtokinoteatr Samarqandda o‘z ishini boshlaydi
Avtokinoteatr nima o‘zi? Tashkilotchilarning ta'rif berishicha, avtomobillardagi odamlar avtomobillar turar joyida o‘rnatilgan eni to‘rt metr, kengligi to‘qqiz metr bo‘lgan katta ekranda kino ko‘rishadi. Shu atrofda sayr qilib yurganlar, bo‘sh vaqti bo‘lgan yo‘lovchilar ham bu tomoshadan bahramand bo‘lishadi, vaqtlarini sermazmun o‘tkazishadi. Qizig‘i, mashinasida o‘tirib, kino tomosha qiladiganlar kinoning ovozini mashinadagi radiolaridan, sayr qilib yurganlar, telefonlari orqali quloqchinlaridan eshitishlari ham mumkin.
− Ertaga ilk bor Samarqand temir yo‘l vokzali oldidagi avtomobillar turar joyida milliy qadriyatimiz durdonalaridan biriga aylangan “Alisher Navoiy” badiiy filmi namoyishi bilan faoliyatimizni boshlamoqchimiz, − deydi tashkilotchilardan biri Vendo Group kinokompaniyasi rahbari Xayrulla Mamasoliyev. – Barcha qiziquvchilarni kechqurun soat 20:00 da ana shu filmni tomosha qilishga taklif qilamiz.
Tomoshalarni mutloqo tekin namoyish qilayotgan tashkilotchilar Samarqandga ko‘proq sayyohlarni jalb qilishni, turli mamlakatlardan keladigan xorijiy sayyohlarga esa yurtimiz haqida hikoya qiluvchi lavhalar, taniqli kishilarimiz haqidagi hujjatli filmlar va mashhur o‘zbek badiiy filmlarini ko‘rsatishni va shu yo‘l bilan yurtimiz chiroyini, xalqimiz madaniyati, urf-odatlarini kengroq targ‘ib qilishmoqchi.
− Biz bolajonlarimizni ham unutganimiz yo‘q, ularga atalgan multfilmlar ham tayyorlab qo‘yilgan. Shanba kunlari bolalar uchun ular sevgan multfilmlar va sarguzasht filmlarni namoyish qilamiz, − deydi g‘oya muallifi, Doca tours kompaniyasi rahbari Oybek Ostanov. − Payshanba kunlari esa hind filmlarini sevuvchi muxlislar uchun hindcha kinofilmlar ko‘rsatiladi. Shuningdek, viloyatlarimizda faoliyat yuritayotgan turli folklor-etnografik ansambllarning konsertlarini namoyish qilishni ham rejalashtirganmiz.
Karimberdi To‘ramurod
Mavzuga oid
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026