Sport | 15:53 / 05.03.2018
6289
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik karatechilar xalqaro turnirda sovrindor bo‘lishdi

Foto: O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi

2-4 mart kunlari Avstriyaning Zaltsburg shahrida karate bo‘yicha A seriya toifasidagi musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar tarqatdi.

E'tiborli tomoni, ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan o‘rin egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Kumite bahslarida -60 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Sadriddin Saymatov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylangan bo‘lsa, -67 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Iqboljon Uzoqov ham finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi jangda u yaponiyalik raqibga yutqazib qo‘ydi va musobaqaning kumush medali bilan kifoyalandi.

Qizlar o‘rtasida -50kg vazn toifasidagi turnirda ishtirok etgan Bahriniso Babayeva bronza medali ortga qaytadigan bo‘ldi.

Mavzuga oid