Özbekistonlik Gulşan Alimardonova 27-30 noyabr kunlari Misrning Qohira şahrida karate böyiça bölib ötgan jahon çempionatida -50 kg vazn toifasida oltin medalni qölga kiritdi.

U finalda malayziyalik Şahmalarani Çandranni 6:1 hisobida mağlub etdi.

Sport vazirligi xabarida bu ğalaba «tarixiy yutuq» deb atalgan va Gulşan Alimardonova jahon çempioni bölgan ilk özbekistonlik ayol karateçiga aylangani qayd etilgan.

Şu paytga qadar uşbu sport turi böyiça jahon çempionatlarida Özbekistondan faqat Dastonbek Otabolayev oltin medalini qölga kiritgan edi.

Alimardanova noyabr oyida Ar-Riyodda bölib ötgan Islom birdamlik öyinlarida eronlik raqibiga yutqazib, kumuş medal olgandi. Oktyabr oyida esa Ozarboyjonda III MDH mamlakatlari öyinlarida oltin medalga sazovor bölgan.

Xalqaro karate federatsiyasi reytingida (WKF) u 300 dan ortiq sportçi orasida 1737.5 oçko bilan 15-örinda qayd etilgan.

Uning hisobida Özbekiston va Xitoyda ötkazilgan qit’a birinçiliklarida qölga kiritilgan ikkita oltin ham bor. U Fujayradagi yoşlar ligasi turnirida bitta bronza medalni qölga kiritib, 24-örinni egallagandi. Uning Malayziyadan bölgan raqibi 11-örinda joylaşgandi.

19 yoşli sportçi butun faoliyati davomida 37 jang ötkazgan, ğalabalar uluşi 78,38 foizni taşkil etadi.

Ma’lumot uçun, WKF reytingida birinçi örinni qozoğistonlik Moldir Jangbirbay egallab turibdi. Kuçli uçlikni Jazoir va Italiya vakillari töldirgan.